Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» himoyachisi «Barselona» short-listiga kirdi

«Manchester Siti» himoyachisi «Barselona» short-listiga kirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning 31 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Natan Ake faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Catalunya Ràdio nashri xabar bermoqda.

Manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku — «Manchester Siti» himoyachisining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Ushbu taklif Akeni qiziqtirib qolishi mumkin, chunki u joriy mavsumda «shaharliklar»ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi.

Natan Ake 2020 yilda «Bornmut»dan o‘tganidan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 15:38, 08.03.2026.
O'qildi: 1990 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик