Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

"Al-Ahli" o‘z yulduzlarining oilalarini Dubaydan Jiddaga ko‘chirmoqda

"Al-Ahli" o‘z yulduzlarining oilalarini Dubaydan Jiddaga ko‘chirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Saudiyaning «Al-Ahli» klubi mamlakat Sport vazirligi ko‘magida ayrim yulduz futbolchilarining oilalarini Dubaydan Jiddaga ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi o‘yinchilarning oilalari vaqtini navbat bilan BAA va Saudiya Arabistonida o‘tkazib kelishmoqda. Oilalarni Dubaydan olib chiqish qarori mintaqada ortib borayotgan siyosiy keskinlik fonida ehtiyot chorasi sifatida qabul qilindi.

28 fevral kuni Isroil mudofaa armiyasi Eronga «oldindan ogohlantiruvchi» zarba berilganini ma’lum qilgan edi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu hujumda AQSH ishtirok etganini tasdiqladi. Ko‘p o‘tmay, Eron Isroilga javob qaytardi. Hozirgacha davom etayotgan harbiy harakatlar, jumladan, Dubayga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Al-Ahli» sharafini Riyod Mahrez, Ayven Touni, Eduar Mendi, Frank Kessie va boshqa mashhur futbolchilar himoya qilmoqda.

Kiritildi: 19:26, 08.03.2026.
O'qildi: 2077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик