Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Superliga. “Paxtakor” - “Navbahor” uchrashuvi prevyusi

Superliga. “Paxtakor” - “Navbahor” uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo‘ladi. 

Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar shu kungacha 70 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 42 tasida “sherlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 14 ta o‘yinda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 14 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 114 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 57 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

O‘zaro o‘yinlarda “sherlar” 140, “lochinlar” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Mazkur hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.
“Navbahor” esa 2024 yilgi mavsumda o‘z maydonida poytaxtliklarni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, “Paxtakor” bilan o‘zaro qarma-qarshilikdagi eng yirik g‘alabasini nishonladi.

Ushbu klublar shu kungacha Toshkentda 35 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ushbu uchrashuvlarning 28 tasida “sherlar” g‘alaba qozonishgan, 6 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 1 ta bahsda “lochinlar” zafar quchishgan.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 72 ta gol urib, o‘z darvozasidan 20 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 10 mart kuni soat 20:00 da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.

Kiritildi: 02:21, 10.03.2026.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик