Bugun, 2026 yil 10 mart kuni, UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «Atalanta» (Italiya) va «Bavariya» (Germaniya) futbolchilari o‘zaro kuch sinashadilar. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bo‘lajak o‘yinda «Bavariya» favorit hisoblanadi. Germaniya jamoasining g‘alaba qozonish ehtimoli 59,2 foizga baholanmoqda. «Atalanta»ning g‘alabasi esa bor-yo‘g‘i 20,4 foizni, durang natija ham 20,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.













