Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" himoyachisi: "Atalanta"ning o‘yin uslubini juda yaxshi bilamiz"

"Bavariya" himoyachisi: "Atalanta"ning o‘yin uslubini juda yaxshi bilamiz"

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Yosip Stanishich Italiyaning «Atalanta» jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Musobaqaning 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv 10 mart oqshomida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da start oladi.

«Qandaydir alohida tayyorgarlik ko‘rganimiz yo‘q. Bizni nima kutayotganini yaxshi bilamiz. Ular maydonning har bir nuqtasida '1 ga 1' (personal) o‘ynashadi va ilk daqiqalardan boshlab 100 foiz kuch bilan harakat qilishadi. Biz bunga qarshilik ko‘rsatamiz. Mashg‘ulotlarda maksimal darajada ishlayapmiz va allaqachon bir yarim yildan beri '1 ga 1' vaziyatida o‘ynash ustida ishlab kelmoqdamiz», — deya Stanishichning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Kiritildi: 17:07, 10.03.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик