Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Foden Rodrigoga murojaat qildi

Foden Rodrigoga murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden «Real» hujumchisi Rodrigoga murojaat qildi.

«Qaymoqranglilar»ning braziliyalik futbolchisi tizzasidagi xochsimon bog‘lamlari uzilgani sababli mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan edi. Yaqinda forvard muvaffaqiyatli operasiya qilingani ma’lum bo‘ldi.

«Senga tezroq sog‘ayib ketishingni tilayman, birodar», – deya Foden «Real» yulduzining ijtimoiy tarmoqlardagi postiga izoh qoldirdi.

Bugun jamoalar Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki bahsida «Santyago Bernabeu» stadionida to‘qnash keladilar. Aynan Rodrigo jamoalarning dekabr oyida umumiy bosqich doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida «Real»ning yagona goliga mualliflik qilgan edi – o‘shanda «Manchester Siti» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 12:38, 11.03.2026.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик