Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Bir kun kelib bularning barchasi tugaydi": Gvardiola faoliyatini yakunlaganidan so‘ng nimalarni sog‘inishini aytdi

"Bir kun kelib bularning barchasi tugaydi": Gvardiola faoliyatini yakunlaganidan so‘ng nimalarni sog‘inishini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatini yakunlaganidan so‘ng "Real"ga qarshi o‘yinlar kabi bahslarni sog‘inish-sog‘inmasligi haqidagi savolga javob berdi.

"Albatta, men bunday o‘yinlarni sog‘inaman. Bu yerga kelish menga yoqadi. Madridlik insonlar buni kutishmagan bo‘lsa-da, men "Real"ga nisbatan cheksiz hurmat his qilaman. Ular jahon futboli uchun juda ko‘p yaxshi ishlarni amalga oshirishgan.

Ha, men sog‘inaman, lekin hammasidan ham ko‘ra ko‘proq — "Kamp Nou"ga borishni, "Bavariya"ga qarshi o‘yinlarni sog‘inaman. To‘xtab, iste’foga chiqqanimda, shubhasiz, mana shu lahzalarni sog‘inaman. Bu o‘zgacha oqshomlarni sog‘inib qolaman.

Shuningdek, men "Selxerst Park"ni ham sog‘inaman, u menga yoqadi. Premyer-liga, bu stadionlar... Menga "Fulxem", "Kristal Pelas", "Gudison Park" stadionlari yoqadi... Bu stadionlar — men APLni, Angliyani, uchinchi divizion jamoalariga qarshi kubok bahslarini yaxshi ko‘rishimning sabablaridan biridir. Bu menga juda yoqadi. Ammo bir kun kelib bularning barchasi tugaydi, shunday emasmi?" — dedi Gvardiola TNT Sports nashriga.

Kiritildi: 22:48, 11.03.2026.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик