«Real» so‘nggi oltita uchrashuvning faqat bittasida «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berdi.
Bugun Alvaro Arbeloa jamoasi Chempionlar ligasi 1/8 finalida «shaharliklar»ni 3:0 hisobida tor-mor etdi. 2024 yilning bahoridan boshlab klublar o‘zaro oltita o‘yin o‘tkazishdi. 2024 yilda har ikkala bahs durang bilan yakunlangan va penaltilar seriyasida «Real» g‘alaba qozongan edi. 2025 yilda esa ikki bor «Real», bir marta «Man Siti» zafar quchgan.
Joriy yilgi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvi 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi.













