Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Emiliano Martines top klub bilan muzokara o‘tkazmoqda

Emiliano Martines top klub bilan muzokara o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, Turinning «Yuventus» klubi argentinalik posbon bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Turin klubiga o‘tish uchun golkiper maoshining kamayishiga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Hozirda darvozabonning agentlari «Yuventus» bilan uch yillik shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Emiliano Martines 2020 yilda «Arsenal»dan 17 million yevro evaziga «Aston Villa»ga o‘tgan edi. Uning «sherlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 33 yoshli golkiper ingliz klubi safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Martinesning transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:25, 12.03.2026.
O'qildi: 1188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик