Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Tibo Kurtua: “Madrid bolalar bog‘chasi emas”

Tibo Kurtua: “Madrid bolalar bog‘chasi emas”

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvdagi g‘alabadan so‘ng (3:0) futbolchilar sobiq murabbiy Xabi Alonso bilan mojaroga bormaganini ta’kidladi.

“Futbolchilardan hech biri Xabi Alonsoni qiyin ahvolga solmagan. O‘ylaymanki, biz yaxshi ishladik. Ba’zilar bizni taktikani va video tahlillarni yoqtirmasligimizni aytishdi. Eshitib qo‘ying, mening murabbiyim Antonio Konte bo‘lgan va u har kuni bir soat taktika ustida ishlardi. Men bunga e’tiroz bildirmaganman, chunki biz professionalmiz va men uchun ish doimo birinchi o‘rinda turadi. Xabi bilan ilk oylar juda yaxshi o‘tdi, keyin esa pasayish boshlandi. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi”, deydi Kurtua.

Belgiyalik darvozabon, shuningdek, “Qirollik klubi”dagi ichki muhit haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi:

“Matbuotda ayrim xabarlarni o‘qib hayron qoldim. Bu klubni go‘yoki bolalar bog‘chasi, futbolchilar esa xohlaganini qiladi, deb o‘ylaydilar. Ammo unday emas. Biz barcha murabbiylarni, tibbiy xodimlarni va umuman hammani hurmat qilamiz. Menimcha, tanqidlarning aksariyati adolatsiz. Ba’zi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bunga e’tirozim yo‘q. Shuning uchun ham aytyapman — bu vaziyatda biz ham aybdormiz”.

Ma’lumot uchun: Xabi Alonso 2026 yil yanvar oyida “Real” bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. Shundan so‘ng jamoaga yana bir sobiq futbolchi Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlandi.

“Real Madrid” UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvida “Manchester Siti”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu juftlik ishtirokidagi javob bahsi 18 mart kuni Manchester shahridagi “Etihad” stadionida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:26, 12.03.2026.
O'qildi: 2709 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик