Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-0 Nasaf

Aleksandr Xomyakov: «Bu o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqarib, oldinga harakat qilamiz»

Aleksandr Xomyakov: «Bu o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqarib, oldinga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Xorazm» (1:1) uchrashuvidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mutaxassis uchrashuv haqida fikr bildirib, bahs sovuq ob-havoga qaramay qiziqarli va kurashlarga boy o‘tganini ta’kidladi.

Sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay, ancha qiziqarli va qaynoq o‘yin bo‘ldi. To‘g‘ri, golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, ammo mazmunli bahs kechdi. G‘alaba qozonganimizda yaxshi bo‘lardi. O‘tkazib yuborgan golimizdan keyin oldinga o‘tishga majbur bo‘ldik va shu sababli raqib ham darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yarata boshladi. Ular bir nechta yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bu o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqarib, oldinga harakat qilishda davom etamiz, — dedi Xomyakov.

Matbuot anjumanida murabbiy tarkib tanlovi haqida ham to‘xtaldi. Jurnalistlardan biri Baseleishvili nega kam o‘yin vaqti olayotgani haqida savol berganida, murabbiy bu qaror murabbiylar shtabi ixtiyorida ekanini aytdi.

— Men 20 nafar futbolchini bir vaqtning o‘zida maydonga tushira olmayman. Tarkibni tanlash va kimga o‘yin vaqti berish murabbiyning qaroriga bog‘liq. Mavsum endi boshlandi, barcha futbolchilar hali o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xomyakov Dominik Begichning hozircha o‘tgan mavsumdagi o‘yinini ko‘rsata olmayotgani haqidagi savolga ham javob berdi.

— U jamoaga kechroq qo‘shildi. Hozir jismoniy holatini tiklamoqda. Yaqin vaqt ichida eng yaxshi sport formasiga qaytadi, deb umid qilaman. Unga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q.

Bosh murabbiy hujumchi Ubaydullayevning golli vaziyatlardan foydalana olmaganiga ham izoh berdi.

— U mening kutilmalarimni oqlayapti. Gol urishni unutib qo‘ygani yo‘q. Futbol — xatolar ustida quriladigan o‘yin. Bugun imkoniyatlardan foydalana olmadi, ammo ishoning, Ubaydullayev hali o‘z so‘zini aytadi.

Shuningdek, murabbiy Mladovich va Kachavaraning maydonga qaytishi haqida ham ma’lum qildi.

— Ular umumiy guruhga qo‘shilishdi. Maydonga tushishga tayyor bo‘lishlari bilan ularga ham imkoniyat beramiz.

Xomyakovning ta’kidlashicha, jamoada golli vaziyatlardan foydalanish borasida muammolar bor, ammo bu ustida ish olib borilmoqda.

— Ilk o‘yinlarda umuman vaziyatlar yarata olmayotgandik. Endi esa imkoniyatlar bor. Realizasiya ustida ishlaymiz. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Murabbiy «Xorazm» jamoasi haqida ham fikr bildirib, ularni yaxshi tashkillashgan raqib sifatida baholadi.

— «Xorazm» yaxshi jamoa. To‘g‘ri himoyalandi va qarshi hujumlarda xavfli bo‘ldi. Bu futbol. Biz gol o‘tkazib yuborgunimizcha ularga deyarli imkoniyat bermayotgandik.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 19:41, 12.03.2026.
O'qildi: 200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.