Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Xavi: "Haqiqat bilan biz oldinga intilamiz!"

Xavi: "Haqiqat bilan biz oldinga intilamiz!"

Baho:
+ | -

"Barselona" klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Xavi ijtimoiy tarmoqlarda yangi post qoldirdi. Xavi Madridning "Real" jamoasi darvozasiga urilgan golni nishonlayotgani aks etgan eski suratini joylashtirdi.

"Haqiqat bilan biz oldinga intilamiz! Qalbimda doim "Barsa" bilan birgaman! Yashasin "Barsa"!" – deb yozib qoldirdi Xavi surat ostidagi izohda.

Yaqinda Xavi bergan intervyusida "Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Laportani yolg‘onchilikda ayblagan edi. Laporta yangi muddat uchun o‘z nomzodini ilgari surgan. Xavi esa ikkinchi nomzod – Viktor Fontni qo‘llab-quvvatlamoqda.

"Barselona" prezidenti saylovi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ayni damda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 23:07, 12.03.2026.
O'qildi: 1920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик