Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Konferensiyalar ligasi. 1/8 final. Ilk uchrashuvlar natijalari ma’lum

Konferensiyalar ligasi. 1/8 final. Ilk uchrashuvlar natijalari ma’lum

Baho:
+ | -

12 mart, payshanba kuni Yevropa Konferensiyalar ligasi 2025/2026 mavsumi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Kun davomida jami sakkizta bellashuv tashkil etildi.

Bir qator o‘yinlarda mehmon jamoalar ustunlik qildi. Xususan, «Strasburg» Xorvatiyada «Riyeka»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasi safarda «Lex Poznan» ustidan ishonchli g‘alaba qozondi. Gresiyaning AYEKi esa Sloveniyadagi uchrashuvda «Sele» darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi.

12 mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlar natijalari:

«Riyeka» — «Strasburg» 1:2
«AZ Alkmar» — «Sparta» Praga 2:1
«Samsunspor» — «Rayo Valyekano» 1:3
«Lex» Poznan — «Shaxtyor» 1:3
«Sele» — AYEK Afina 0:4
«Fiorentina» — «Rakuv» 2:1
«Sigma Olomous» — «Mayns» 0:0
«Kristal Pelas» — AYEK Larnaka 0:0

Ma’lumot uchun, Konferensiyalar ligasining amaldagi g‘olibi Londonning «Chelsi» klubi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida angliyaliklar Ispaniyaning «Betis» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:20, 13.03.2026.
O'qildi: 1365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик