Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

41 yoshli Tyago Silva Yevropa Ligasida rekord o‘rnatdi

41 yoshli Tyago Silva Yevropa Ligasida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Portu» markaziy himoyachisi Tyago Silva faoliyatida ilk bor Yevropa Ligasida maydonga tushdi. Braziliyalik futbolchi 1/8 finalning dastlabki uchrashuvida «Shtutgart»ga qarshi (2:1) bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va «ajdarlar»ning safardagi g‘alabasiga yordam berdi. «The Touchline» nashrining qayd etishicha, 41 yoshli Silva turnir tarixidagi eng yoshi katta debyutantga (maydondagi o‘yinchilar orasida) aylandi.

Braziliyalik faxriy futbolchi joriy yilning boshida «Portu» safiga kelib qo‘shilgan edi, uning shartnomasi yozgacha mo‘ljallangan. Kelganidan buyon futbolchi Portugaliya grandi libosida 7 ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi.

«Portu» va «Shtutgart» o‘rtasidagi javob uchrashuvi kelasi payshanba, 19 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi chorak finalda «Nottingem Forest» yoki «Midtyullann» jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:27, 13.03.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик