Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Eddi Xau "Barselona" bilan durangdan so‘ng: "Biz bu o‘yin bilan faxrlanamiz"

Eddi Xau "Barselona" bilan durangdan so‘ng: "Biz bu o‘yin bilan faxrlanamiz"

Baho:
+ | -

Hafta davomida "Nyukasl" Chempionlar Ligasida "Barselona" bilan bahsda (1:1) so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. "Qarg‘alar" bosh murabbiyi Eddi Xau boy berilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Futbolchilar juda yaxshi munosabat bildirishdi. Albatta, o‘yindan so‘ng katta tushkunlik bor edi, lekin umuman olganda, biz ushbu ishtirokimizdan faxrlanamiz. Bu mavsumda jamoa natijalarga — ham muvaffaqiyatsizliklarga, ham g‘alabalarga nisbatan yaxshi chidamlilikni shakllantirdi.

Biz hamma narsani xotirjam qabul qilishimiz kerak. Keyingi o‘yin juda yaqin ekanligini bilamiz. Avvalgi bahs keyingisiga ta’sir qilmasligi lozim. Hozirda bor e’tiborimizni "Chelsi"ga qaratganmiz", — dedi Xau juma kungi matbuot anjumanida.

"Chelsi" — "Nyukasl" uchrashuvi 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 17:00, 13.03.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик