Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eder Militao umumiy guruhga qaytmoqda

Eder Militao umumiy guruhga qaytmoqda

Baho:
+ | -

"Real" o‘zining rasmiy saytida jamoaning juma kungi mashg‘ulotlari haqida ma’lumot e’lon qildi.

Eng quvonarli yangilik shundaki, markaziy himoyachi Eder Militao mashg‘ulotlarning bir qismini umumiy guruhda o‘tkazdi. Ma’lumki, Militao qish boshida jarohat olgan edi. Braziliyalik futbolchi uch oydan ko‘proq vaqt davomida maydonga tushmadi. Ko‘rinib turibdiki, uning safga qaytishi yaqin qoldi.

Shuningdek, "Real" o‘z xabarida David Alaba, Jud Bellingem, Alvaro Karreras, Dani Sebalyos, Kilian Mbappe va Ferlan Mendi hozirda tiklanish dasturlari asosida ishlayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shanba kuni, 14 mart kuni "Real" Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida "Elche"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 22:04, 13.03.2026.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик