Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Barselona" tarkibida 20 yoshli futbolchi debyut qilishi mumkin

"Barselona" tarkibida 20 yoshli futbolchi debyut qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Markaziy himoyachi Alvaro Kortes yaqin orada "Barselona"ning asosiy jamoasida debyut qilishi mumkin. Barca Universal nashrining xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohatlar bilan bog‘liq inqiroz fonida 20 yoshli futbolchiga imkoniyat berishga tayyor.

Kortes – chap oyoqda harakat qiluvchi markaziy himoyachi va "Barsa" ikkinchi jamoasining sardori hisoblanadi. U jismoniy jihatdan baquvvat o‘yinchi sifatida ta’riflanadi. Yakshanba kuni Kataloniya grandi La Liga doirasida o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Chempionlar Ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda "Barselona" safida 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Xavi Espart debyut qilgan edi.

Kiritildi: 09:41, 14.03.2026.
O'qildi: 2640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик