Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Lyorente: «Yuventus» Vlaxovichni olib qolishi kerak»

Lyorente: «Yuventus» Vlaxovichni olib qolishi kerak»

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Fernando Lyorente klub forvard Dushan Vlaxovichni jamoada olib qolishi kerak deb hisoblaydi.

Serbiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi. So‘nggi haftalarda tomonlarning yangi shartnoma imzolash niyati haqida xabarlar paydo bo‘ldi, vaholanki, bundan avval futbolchining erkin agent sifatida ketishi deyarli aniqligi aytilayotgan edi.

«Menga Vlaxovich yoqadi va «Yuventus» u bilan shartnomani uzaytirishi kerak deb o‘ylayman. U doimo raqib darvozasini ko‘zlaydi va ko‘p gol uradi. To‘g‘ri, u darvozaga orqa o‘girib o‘ynash va to‘pni qabul qilish borasida o‘z o‘yinini kuchaytirishi mumkin, ammo, mening fikrimcha, u baribir ajoyib hujumchi», — deya Lyorentening so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Joriy mavsumda Vlaxovich «byankonerilar» safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol muallifiga aylandi.

Kiritildi: 12:42, 14.03.2026.
O'qildi: 607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик