Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston Superkubogi-2026. "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy matbuot anjumanida ishtirok etdi

O‘zbekiston Superkubogi-2026. "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy matbuot anjumanida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superkubogi o‘yini oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu marosimning birinchi qismida "Paxtakor" jamoasi ustozi Kamoliddin Tojiyev va jamoa yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

"Paxtakor" ustozi ushbu anjumanda quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Assalomu alaykum. Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. Ertangi o‘yinga 100 foiz tayyormiz. O‘tgan o‘yindagi xatolarni esdan chiqardik. Yaxshi kayfiyatda bu o‘yinga keldik. G‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilmoqchimiz.

Farg‘ona Andijonga yaqin? Bizni muxlislar ham o‘yinga keladi. Ular kimga muxlislik qilsa ham stadion to‘lsa yaxshi bo‘ladi.

"Neftchi" bu mavsum 9 ta gol urdi? Ertaga boshqa musobaqa doirasida o‘yin bo‘ladi. Kim yaxshiroq tayyorgarlik qilsa, o‘sha yutadi.

Hujumchilar masalasida adashyapmanmi? Menimcha bunday emas. Biz har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik qilamiz. Shu sabab goh Rustamga, goh Pyotrga ishonch bildirmoqdaman.

Ertangi o‘yinda har ikki jamoani favorit deb bo‘lmaydi. "Neftchi"ga bu mavsum 1-2 yaxshi saviyadagi futbolchi keldi. Ushbu holat jamoani kuchaytira oldi.

Asosiy vaqtda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Penaltilar seriyasiga 1 yil tayyorgarlik ko‘rsangiz ham, omadingiz kelmasa ura olmaysiz. Shu sabab biz seriyaga tayyorgarlik ko‘rmadik".

Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy ham quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Assalomu alaykum. Kayfiyat a’lo darajada. Raqibni yaxshi o‘rganib chiqdik. Xudo xohlasa, muxlislarni xursand qilmoqchimiz.

Superkubok bitta o‘yindan iborat. Superligadagi mag‘lubiyat ushbu o‘yinga ta’sir qilmaydi".

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:23, 14.03.2026.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик