Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

APL. «Arsenal» so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga g‘alaba qozondi

APL. «Arsenal» so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

«Arsenal» o‘z maydonida Angliya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumi 30-turi doirasida «Everton»ni mag‘lub etdi — 2:0. Uchrashuv «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning 89-daqiqasida Viktor Dyokeresh hisobni ochgan bo‘lsa, 90+7-daqiqada 16 yoshli yarim himoyachi Maks Douman o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

«Arsenal» butun o‘yin davomida raqib darvozasiga beshta aniq zarba yo‘lladi, «Everton» esa uchta zarba bilan javob qaytardi. Uchrashuv bosh hakami Endryu Medli o‘yin davomida birorta ham kartochka ko‘rsatmadi.

Londonliklar APLda ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritishdi. Jamoa 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. «Everton» 43 ochko bilan sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi.

Angliya Premyer-ligasi. 30-tur
14.03.2026 | 22:30
«Emireyts», London

«ARSENAL» — «EVERTON» — 2:0
Gollar: Dyokeresh 89 (1:0), Douman 90+7 (2:0).

«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Kalafyori (InkapYE, 74), Timber (Moskera, 38), Subimendi (Douman, 74), Rays, Eze, Madueke (Martinelli, 61), Saka, Xavers (Dyokeresh, 61).

«Everton»: Pikford, Kin, O`Brayen, Mikolenko, Garner, Gana Guye (Djordj, 90+5), Iroegbunam (Rel, 86), Dyusberi-Xoll, Ndiay, Makneyl (Armstrong, 86), Betu (Barri, 69).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:01, 15.03.2026.
O'qildi: 1141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик