Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rednapp: «Arteta xuddi qizigan tomdagi mushukdek bezovta ko‘rindi»

Rednapp: «Arteta xuddi qizigan tomdagi mushukdek bezovta ko‘rindi»

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq futbolchi Jeymi Rednapp «Arsenal» ustidagi bosim haqida gapirdi. «Kanonirlar» so‘nggi 22 yil ichida ilk bor Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishga yaqin turishibdi. Shanba kuni Mikel Arteta shogirdlari o‘z maydonida «Everton»ni Viktor Dyokeresh va Maks Doumanning 89 hamda 97-daqiqalarda urgan gollari evaziga mag‘lub etishdi (2:0).

«Men chempionlikni yutmaganman, lekin uni boy berish qanday bo‘lishini bilaman. Xavotir muxlislarga ham o‘tadi. Arteta ochiqchasiga bezovta edi, u xuddi «qizigan tunuka tomdagi mushukdek» ko‘rindi, lekin to‘satdan Douman chiqdi-da: «Hammasi joyida, men hal qilaman», degandek bo‘ldi. Aynan shu holat o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Boshqalar kuchli bosimga dosh bera olmayotgan bir paytda, uning bunchalik vazminlikni saqlab qolgani aql bovar qilmas darajada», — dedi Rednapp Sky Sports efirida bahs yakunlarini sarhisob qilar ekan.

Eslatib o‘tamiz, 16 yoshli Maks Douman Premyer-liga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.

Kiritildi: 12:07, 15.03.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик