Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Deklan Rays 16 yoshli vunderkind haqida: «U bizga energiya va nazoratni qaytardi»

Deklan Rays 16 yoshli vunderkind haqida: «U bizga energiya va nazoratni qaytardi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays jamoaning yaqinda bo‘lib o‘tgan bahsda 16 yoshli Maks Doumanning ko‘rsatgan o‘yini haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«U shunchaki fantastik. Maydonga tushganida, biz uchun o‘yin oqimini haqiqatan ham o‘zgartirib yubordi. Hali 16 yoshda bo‘lishiga qaramay, u to‘p nazoratini qaytarishda yordam berdi va jamoaga energiya olib kirdi. Biz hammamiz unga ishonamiz», — deb ta’kidladi Rays.

«Everton»ga qarshi bahsda Douman 74-daqiqada, hisob 0:0 bo‘lib turgan vaqtda zaxiradan maydonga tushdi. 89-daqiqada Dyokeresh hisobni ochgan bo‘lsa, 90+7-daqiqada Douman «kanonirlar»ning ustunligini mustahkamladi va Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.

APLdagi 31 ta o‘yindan so‘ng chempionat peshqadami «Arsenal» 70 ochko jamg‘ardi. Bu 2-o‘rindagi «Siti»dan 9 ochko ko‘p demakdir, biroq Gvardiola jamoasida zaxira o‘yini va «Arsenal»ga qarshi o‘z uyidagi o‘zaro bahs mavjud.

Kiritildi: 13:13, 15.03.2026.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик