Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

«Liverpul» yarim himoyachisi ko‘proq o‘yin amaliyoti istamoqda

«Liverpul» yarim himoyachisi ko‘proq o‘yin amaliyoti istamoqda

Baho:
+ | -

The Athletic nashrining xabar berishicha, Kyortis Jonsning «Liverpul»dagi kelajagi borasida noaniqlik ortib bormoqda. Yarim himoyachi shu yozda amaldagi shartnomasining so‘nggi yiliga qadam qo‘yadi, uning kelishuvi 2027 yilning iyun oyida yakuniga yetadi.

Uning mahalliy tarbiyalanuvchi sifatida muhim maqomga ega ekanligiga qaramay, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda haligacha siljish kuzatilgani yo‘q. Ushbu vaziyat bir qator klublarni sergak torttirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Inter» va «Tottenxem» yanvar oyida futbolchini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishgan.

Noaniqlikka sabab bo‘layotgan asosiy omil — o‘yin vaqti. Jons asosiy tarkibda barqaror joyga ega bo‘lishni istamoqda. U o‘z qadrdon klubi safida 200 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, Dominik Soboslai va Aleksis Mak Allister kabi futbolchilar bilan raqobat tufayli joriy mavsumda asosiy tarkibda kamroq ko‘rinish bermoqda.

Ushbu mavsumda Jons 36 ta o‘yinda ishtirok etdi (asosan zaxiradan maydonga tushgan holda) va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:17, 15.03.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик