Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Kurashni oxirigacha davom ettiramiz" — Rodri APLdagi vaziyatga izoh berdi

"Kurashni oxirigacha davom ettiramiz" — Rodri APLdagi vaziyatga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes «Vest Xem» bilan durangdan so‘ng jamoaning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliya Premyer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

«Biz qo‘llarimizni tushirmoqchi emasmiz, kurashishda davom etamiz. Bu qiyin bo‘lishini bilamiz, chunki bizda tajriba bor va g‘alaba uchun nima kerakligini tushunamiz. Albatta, farq juda katta, ammo biz oxirigacha kurashamiz», — deya Rodrining so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

30-turdan so‘ng «Manchester Siti» 61 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Arsenal»dan ortda qolish 9 ballni tashkil etadi, biroq «kanonirlar» hisobida bitta ko‘p o‘yin mavjud.

Shuni ta’kidlash joizki, 22 mart kuni «Arsenal» va «Manchester Siti» Angliya liga kubogi finalida o‘zaro to‘qnash kelishadi, 19 aprel kuni esa APLning 33-turi doirasida «Etixad» stadionida maydonga tushishadi.

Kiritildi: 15:48, 15.03.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик