Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

«Yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi». Flik — «Barselona»ning yirik g‘alabasi haqida

«Yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi». Flik — «Barselona»ning yirik g‘alabasi haqida

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasi 28-turida «Sevilya» ustidan qozonilgan 5:2 hisobidagi yirik g‘alabaga munosabat bildirdi.

«To‘pni yo‘qotgan paytimizda pressingni yanada yaxshiroq amalga oshirishimiz mumkin edi. Endi Chempionlar ligasi yaqinlashyapti va unda yaxshi natija ko‘rsatish muhim. Olmo juda yaxshi o‘ynadi, Espart, Kanselu ham. Ammo menimcha, biz yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ba’zan to‘pni sekin harakatlantirdik, ayrim vaziyatlarda esa ishonch yetishmadi. Gavining qaytishi esa juda yaxshi yangilik.

Kanseluga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Oxirgi bir nechta o‘yinlarda u ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Texnik jihatdan u juda yuqori darajadagi futbolchi. Uning goli, penaltiga olib kelgan harakatlari va ofsayd tuzog‘idagi o‘yini… Kanselu to‘g‘ri tanlov bo‘lgan», — deya Flik so‘zlarini keltiradi Marca.

Ayni paytda «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 28 o‘yindan keyin 70 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Sevilya» esa 31 ochko bilan 14-pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda «Barselona» 22 mart kuni o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni qabul qiladi. «Sevilya» esa bir kun oldin «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:19, 15.03.2026.
O'qildi: 1354 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик