Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Slot muxlislarning noroziligiga munosabat bildirdi

Slot muxlislarning noroziligiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» muxlislari «Tottenxem»ga qarshi bahsdan so‘ng (1:1 hisobidagi durang) o‘z jamoalarini hushtakbozlik bilan kuzatib qo‘yishdi. O‘yindan keyin mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot «Enfild» tribunalaridan yangragan ushbu hushtaklarga izoh berdi.

«Men buni mutlaqo normal holat deb hisoblayman. Agar siz muxlislik qiladigan jamoa kutilmagan o‘yinlarda, ayniqsa, bahsning so‘nggi soniyalarida shuncha ochko yo‘qotsa, hammaning hafsalasi pir bo‘lishi tabiiy. Muxlislar bunday holatga odatdagidan ko‘proq duch kelishmoqda. Shuning uchun ularning norozilik bildirishi odatiy holdir. Men ham, futbolchilarimiz ham, muxlislarimiz ham birdek hafsalamiz pir bo‘lganini his qilyapmiz. Ammo ishonchim komil, chorshanba kuni ular yana kelishadi va bizni ilk daqiqalardan boshlab qo‘llab-quvvatlashadi», — dedi Slot Sky Sportsga bergan intervyusida.

18 mart kuni «Liverpul» Chempionlar ligasi doirasida «Galatasaroy»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 13:20, 16.03.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик