Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi Finalissima bekor qilinganidan norozi

Messi Finalissima bekor qilinganidan norozi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Amerika Kubogi va Yevropa chempionati g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladigan Finalissima — Ispaniyaga qarshi bahsning bekor qilinganidan hafsalasi pir bo‘ldi.

Uchrashuv 27 mart kuni Qatarda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Yaqin Sharqdagi ziddiyatli vaziyat tufayli yakunda bekor qilindi.

ESPN xabariga ko‘ra, tarqalgan mish-mishlarga qaramay, Messi UYEFA va KONMEBOL [Janubiy Amerika futbol konfederasiyasi] o‘rtasida Finalissimani ko‘chirish yoki bekor qilish bo‘yicha olib borilgan muzokaralarda ishtirok etmagan va ularga ta’sir ko‘rsatmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, hujumchi ushbu o‘yinni JCH-2026 arafasida faoliyatidagi 48-sovrinni qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat sifatida ko‘rayotgan edi.

Kiritildi: 14:02, 16.03.2026.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик