Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Runi: «Kerrik 100 foiz «Manchester Yunayted»ning asosiy murabbiyi bo‘lishi kerak»

Runi: «Kerrik 100 foiz «Manchester Yunayted»ning asosiy murabbiyi bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» faxriysi Ueyn Runi Maykl Kerrikning «qizil iblislar» boshqaruvidagi ishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mutaxassis joriy mavsum yakuniga qadar «MYU»ning vaqtinchalik murabbiyi etib tayinlangan edi. U qishda iste’foga chiqarilgan Ruben Amorimning o‘rnini egalladi.

Runining hisoblashicha, Kerrik doimiy asosda «Yunayted» bosh murabbiyi lavozimini olishi kerak. Ueyn hozirgi vaziyatda «MYU»da ustozni almashtirishdan ma’no ko‘rmayapti.

«Maykl Kerrik bu ishni 100 foiz olishi kerak. Men uni juda yaxshi taniyman... Uning xarakterini, shaxsiyatini bilaman. Undan yaxshi murabbiy chiqishini tushungandim.

Biz «MYU» sifatliroq va jamoa sifatida ancha jipslashgan holda o‘ynayotganini ko‘ryapmiz. Hozirda «Yunayted» kuchli jamoa bo‘lib ko‘rinmoqda. Menimcha, nimanidir o‘zgartirishdan nima naf? Kerrik «Manchester Yunayted»ning barcha murabbiylari orasida eng yaxshi g‘alaba foiziga ega. Mening fikrimcha, u bu lavozimga loyiq», — dedi Runi.

Kiritildi: 14:09, 16.03.2026.
O'qildi: 1177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик