Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ravshan Ermatov «Andijon» klubi bazasini yuqori baholadi

Ravshan Ermatov «Andijon» klubi bazasini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

Superkubok bahsi oldidan Andijon shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov viloyat futbolida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida u avvalo bolalar va o‘smirlar futboliga qaratilgan infratuzilmalarni ko‘zdan kechirdi. Ermatov futbol maktabi, akademiya va yoshlar tayyorgarligi jarayonlari bilan tanishar ekan, bu yerda iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tashrif davomida ayollar futboli rivojiga ham nazar tashlandi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va jamoalar faoliyati haqida mas’ullar tomonidan ma’lumot berildi. Ermatov bu sohadagi harakatlarni yuqori baholab, ayollar futboli kelajagi uchun bunday ishlar juda muhim ekanini ta’kidladi.

Tashrifning eng ta’sirli qismi esa PFK "Andijon" klubining yangi bazasi bilan tanishuv bo‘ldi. Ermatovga milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabi hamrohlik qildilar. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan baza mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ermatov yaratilgan sharoitlar futbolchilarning o‘sishi va jamoaning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lishini ta’kidladi.

Shu yerda Ravshan Ermatov jamoa futbolchilari bilan ham uchrashib, ularga bo‘lajak o‘yinlarda omad tiladi. U futbolchilarni yuqori maqsadlar sari intilishga chaqirdi va muxlislar ishonchini oqlash zarurligini alohida ta’kidladi.

Tashrif davomida Ermatovga klub rahbariyati, viloyat futbol assosiasiyasi mas’ullari va fan-klub a’zolari hamrohlik qildilar. Ular Andijon viloyatida futbolni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida ham ma’lumot berishdi.

Bu tashrif Andijonda futbol infratuzilmasi va sport rivojiga berilayotgan e’tibor yanada kuchayib borayotganining yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 19:45, 16.03.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик