Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

UEFA Pedru Netuga nisbatan intizomiy ishni yopdi

UEFA Pedru Netuga nisbatan intizomiy ishni yopdi

Baho:
+3 | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Pedru Netu "PSJ" bilan o‘yinda bolboy (to‘p uzatib beruvchi bola) bilan sodir bo‘lgan voqea uchun UEFA tomonidan diskvalifikasiya qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finali dastlabki bahsida "ko‘klar" safarda "PSJ"ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. O‘yin davomida parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike "Park-de-Prens"dagi bolboyga to‘pni raqibga bermaslikni buyurgan. Shundan so‘ng Netu bolaga yaqinlashib, uni itarib yuborgan va to‘pni tortib olgan, natijada bolboy maydonga yiqilgan edi.

O‘yindan so‘ng futbolchi bolakaydan uzr so‘raganini va unga o‘z futbolkasini sovg‘a qilganini ma’lum qildi. UEFA esa sportchiga xos bo‘lmagan xulq-atvor uchun futbolchiga nisbatan intizomiy ish ochgan edi.

Yakunda portugaliyalik vinger sportchiga xos bo‘lmagan harakati uchun ogohlantirish oldi, biroq unga nisbatan diskvalifikasiya yoki jarima choralari qo‘llanilmadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Kiritildi: 22:27, 16.03.2026.
O'qildi: 879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик