Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yurgen Gyode "Neftchi"ning Superkubokdagi g‘alabasiga munosabat bildirdi

Yurgen Gyode "Neftchi"ning Superkubokdagi g‘alabasiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Andijondagi «Bobur Arena» stadioni haqiqiy futbol bayramiga mezbonlik qildi. O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan bahsda Farg‘onaning «Nefti» jamoasi Toshkentning «Paxtakor» klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu tarixiy g‘alabadan so‘ng «Neftchi» klubida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis Yurgen Gyode o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Yurgen, avvalambor Superkubokdagi zafar bilan tabriklaymiz! Siz ilgari ham yurtimizda ishlagansiz. Bu gal jamoaga moslashish qanday kechdi?

— Tabrik uchun tashakkur. Klubdagi ajoyib muhit tufayli moslashish qiyin bo‘lmadi. Barcha bizni o‘z oila a’zosidek qabul qildi va doimiy qo‘llab-quvvatlab turdi.

— O‘zbekistondagi faoliyatingiz davomida ilk bor Superkubokda zafar quchdingiz. Hozirgi hissiyotlaringiz qanday?

— Tuyg‘ularimni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Ayniqsa, kubokni Farg‘onaga olib borganimizda ko‘chalarga chiqib bizni kutib olgan minglab muxlislarning quvonchini ko‘rish beqiyos baxt. Ularga katta rahmat aytaman.

— Ushbu sovrin faoliyatingizdagi eng muhimlaridan biri, deya olamizmi?

— Shubhasiz. Chunki bu — tarixiy chempionlik va u jamoa solnomasida alohida iz qoldiradi.

— Ruhiy jihatdan jamoani finalning so‘nggi soniyalarigacha tayyor holda ushlab turish qanchalik murakkab bo‘ldi?

— Finalda har qanday kutilmagan holat yuz berishi mumkin. Lekin men o‘z shogirdlarimga oxirgi soniyagacha ishongan edim va ular bu ishonchni oqlashdi.

— Andijondagi bahsda qaysi futbolchini alohida e’tirof etgan bo‘lardingiz?

— Men faqat futbolchilarni emas, balki bu g‘alaba uchun mehnat qilgan hammani — shifokorlar, jismoniy tayyorgarlik murabbiylari, administrator va klub rahbariyatini alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Bu — umumiy mehnatimiz mahsuli.

— Stadiondagi muhit haqida nima deya olasiz?

— «Bobur Arena»ga tashrif buyurgan va tribunalarni to‘ldirib, jamoani oldinga undagan farg‘onalik muxlislarga faqat «Bravo!» deyish mumkin. Ular yaratgan muhit haqiqatan ham ajoyib bo‘ldi!

Kiritildi: 22:53, 16.03.2026.
O'qildi: 2282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик