Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Mbappe «Real»ga o‘tmaganida qaysi klubda qolishini aytdi

Mbappe «Real»ga o‘tmaganida qaysi klubda qolishini aytdi

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe, agar 2024 yil yozida ispan grandiga o‘ta olmaganida, faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Men Parijda yetti yil o‘tkazdim va bu men uchun katta sharaf edi. Balki men bu haqda yetarlicha gapirmaganman yoki ko‘rsatmaganman, ammo men har doim qayerdan chiqqanimni va «PSJ» qanchalik buyuk klub ekanini unutmaganman. Men doimo bu Fransiyadagi eng katta klub va dunyodagi eng yaxshilardan biri ekanini aytganman.

Keyin men dunyodagi eng katta klub — «Real» Madridga o‘tdim. Ammo har doim shuni ta’kidlaganmanki, men «PSJ»ni faqat shu klub uchun tark etishim mumkin edi. Agar «Real»ga o‘ta olmaganimda, butun faoliyatimni «PSJ»da o‘tkazgan bo‘lardim. Men bu klubda o‘ynashni orzu qilganman va bu orzum amalga oshganidan juda xursandman. Men doimo parijliklarning o‘yinlarini kuzataman, jamoada do‘stlarim bor va hozir ular juda yaxshi o‘ynashyapti», — dedi Mbappe One Football nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:23, 17.03.2026.
O'qildi: 19764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик