Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Arne Slot Karragerning tanqidiga javob qaytardi

Arne Slot Karragerning tanqidiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikriga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Karrager "qizillar" bir butun jamoa sifatida emas, balki shunchaki individual futbolchilar yig‘indisidek o‘ynayotganini ta’kidlagan edi.

"Men Karragerning bu tahlilini ko‘rmadim. U nima uchun bunday deganini, misollar keltirgan-keltirmaganini ko‘rib chiqishim kerak edi. Mavsum davomida Jeymi aytgan ko‘plab fikrlarga qo‘shilganman. Ammo aynan shu fikriga qo‘shilmayman.

Qaysidir ma’noda qo‘shilishim mumkin, lekin bu bizning har doim ham to‘liq tarkibda o‘ynamayotganimiz bilan bog‘liq. Hozir tafsilotlarga berilmoqchi emasman. Lekin maydonda 11 ta alohida individual ijrochi bor degan fikrga mutlaqo qarshiman. Men birgalikda kurashayotgan jamoani ko‘ryapman. Bu mening shaxsiy fikrim", — dedi Slot matbuot anjumanida.

"Liverpul" navbatdagi uchrashuvini 18 mart kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Galatasaroy"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:34, 17.03.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик