Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Xolandning «quruq» seriyasiga nuqta qo‘yildi: Erling «Real» darvozasini ishg‘ol qildi

Xolandning «quruq» seriyasiga nuqta qo‘yildi: Erling «Real» darvozasini ishg‘ol qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Real»ga qarshi javob o‘yinida hisobni tenglashtirdi (1:1, tanaffus).

Norvegiyalik futbolchi uchrashuvning 41-daqiqasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bu uning 11 fevraldan buyon urgan ilk goli bo‘ldi — o‘shanda Xoland APLda «Fulxem» darvozasini ishg‘ol qilgan, shundan so‘ng qatorasiga 4 ta o‘yinda maydonni golsiz tark etgan edi.

Joriy mavsumda Xoland hisobida 48 ta o‘yinda 43 ta gol mavjud: 30 tasi klub safida, 13 tasi esa Norvegiya terma jamoasida kiritilgan.

Chempionlar ligasining ushbu mavsumida Erling hozirgacha 8 ta gol urdi.

Kiritildi: 02:03, 18.03.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик