Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Barselona" xavotirda: 10 minglab "Nyukasl" muxlislari Ispaniyaga yopirilib kelishdi

"Barselona" xavotirda: 10 minglab "Nyukasl" muxlislari Ispaniyaga yopirilib kelishdi

Baho:
+ | -

"Barselona" UYEFA Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yin uchun Ispaniyaga yetib kelgan Angliyaning "Nyukasl" klubi muxlislari soni juda ko‘pligidan xavotir bildirdi. Barselonaga 10 000 dan ortiq fanat kelishi kutilmoqda, biroq ularning faqat 3 000 nafarida o‘yin uchun chipta bor, deb xabar bermoqda sport.es.

"Qarg‘alar" (Nyukasl laqabi) muxlislarining katta qismi stadion ichiga kirish imkoniyatisiz tashqarida qolib ketishi mumkin, bu esa xavfsizlik bo‘yicha xavotirlarni keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan "Barselona" chiptalar nazoratini kuchaytirdi va chiptasi bo‘lmagan "Nyukasl" ishqibozlarini stadiondan uzoqroq turishga chaqirdi, chunki chiptalarni joyida sotib olishning iloji yo‘q.

Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Barselona" va "Nyukasl" o‘rtasidagi javob uchrashuvining ilk hushtagi 18 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da chalinadi. Birinchi o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

Kiritildi: 14:45, 18.03.2026.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик