Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Laporta Xavining ayblovlariga javob berdi: "Uning so‘zlari menga og‘ir botdi"

Laporta Xavining ayblovlariga javob berdi: "Uning so‘zlari menga og‘ir botdi"

Baho:
+1 | -1

"Barselona" rahbari Joan Laporta jamoaning sobiq murabbiyi Xavi Ernandesning fikrlaridan hafsalasi pir bo‘lganini tan oldi.

Ispaniyalik mutaxassis Kataloniya klubidagi prezidentlik saylovlariga bir necha kun qolganida ochiqchasiga intervyu bergan edi. Unda mutaxassis, jumladan, Laportani Lionel Messining qaytishini yo‘qqa chiqarganlikda va yolg‘on bayonotlar berganlikda aybladi.

"Xavining intervyusidagi so‘zlar menga og‘ir botdi, lekin ular saylov natijalariga qandaydir ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylamayman", — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Ma’lumki, Xavi Joan Laportaning prezidentlik poygasidagi yagona raqibi bo‘lgan Viktor Fontning tarafdori hisoblanadi.

Kiritildi: 14:54, 18.03.2026.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик