Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Eberechi Eze «Arsenal»da Teo Uolkottning 13 yillik rekordini takrorladi

Eberechi Eze «Arsenal»da Teo Uolkottning 13 yillik rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze avvalroq «kanonirlar» safida faqat Teo Uolkottga nasib etgan noyob natijani takrorladi.

Eberechi bir mavsum davomida «Arsenal» ishtirok etayotgan barcha to‘rtta turnirda gol urishga muvaffaq bo‘ldi va Uolkottdan keyin bunday natijaga erishgan ikkinchi ingliz futbolchisiga aylandi. Uolkott ushbu ko‘rsatkichni 2012/13 yilgi mavsumda qayd etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, seshanba oqshomida Eze Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Bayer»ga qarshi javob o‘yinida shedevr gol muallifiga aylandi. Ingliz futbolchisi 20-23 metrlar chamasi masofadan havodagi to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘llab, Yanis Blasvixni ojiz qoldirdi. To‘p darvozaning chap yuqori burchagiga («to‘qqizlik»ka) aniq borib tushdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Arsenal» «Bayer»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi — 3:1.

Kiritildi: 21:59, 18.03.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик