Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

18 yoshli Lennart Karl ilk bor Germaniya terma jamoasiga chaqiriladi

18 yoshli Lennart Karl ilk bor Germaniya terma jamoasiga chaqiriladi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karl faoliyatida ilk bor Germaniya milliy terma jamoasidan chaqiruv oladi. Bild nashri xabariga ko‘ra, Bundestim bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Karlni jamoaning navbatdagi yig‘iniga jalb etadi.

Shu oyda Jahon chempionati — 2026 ga tayyorgarlik doirasida Germaniya terma jamoasi Shveysariya (27 mart) va Gana (30 mart) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Lennart Karl «Bavariya» tarkibida 32 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda yosh futbolchi 7 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bunga qadar Karl Germaniyaning turli yoshdagi o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 22:03, 18.03.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик