Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Rafinya 2026 yilda dahshatli statistika qayd etmoqda

Rafinya 2026 yilda dahshatli statistika qayd etmoqda

Baho:
+1 | -

Rafinya «Barselona» safida gol urishda davom etmoqda.

«Ko‘k-anorranglilar» vingeri Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi bahsning 6-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Rafinya avvaliga Fermin Lopes va Robert Levandovskiga golli uzatma berdi, so‘ngra o‘z dublini rasmiylashtirdi.

Bu braziliyalik futbolchining barcha turnirlardagi so‘nggi beshta uchrashuvdagi 5- va 6-gollari bo‘ldi. Bunga qadar u La Ligada «Sevilya» (5:2) bilan o‘yinda xet-trik qayd etgan va Ispaniya Kubogida «Atletiko» (3:0) darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Umumiy hisobda, Rafinya joriy yildagi 16 ta o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha 12+4 natijasini qayd etib turibdi.

Kiritildi: 01:06, 19.03.2026.
O'qildi: 5302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик