Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

YECHL. «Tottenxem»ning irodali g‘alabasi chorak final uchun yetarli bo‘lmadi: «Atletiko» keyingi bosqichda (Videosharh)

YECHL. «Tottenxem»ning irodali g‘alabasi chorak final uchun yetarli bo‘lmadi: «Atletiko» keyingi bosqichda (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Tottenxem» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Atletiko» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Londonda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida London jamoasi hujumchisi Randal Kolo-Muani hisobni ochdi. Uning goli birinchi bo‘limda yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar hujumchisi Xulian Alvares muvozanatni tikladi, biroq ko‘p o‘tmay yarim himoyachi Xavi Simons maydon egalarini yana oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada Madrid klubi himoyachisi David Gansko hisobni tenglashtirdi. «Shporlar» o‘yin yakunida Simons tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti evaziga g‘alabani ilib ketishdi.

Dastlabki bahsda «Atletiko» 5:2 hisobida zafar quchgan edi. Shu sababli, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Madrid klubi chorak finalga yo‘l oldi va u yerda «Barselona» bilan to‘qnashadi.

Chempionlar ligasi. 1/8 final
19.03.2026 | 01:00
«Tottenxem Xotspur Stedium», London

«TOTTENXEM» — «ATLETIKO» — 3:2
Gollar: Randal Kolo Muani 30 (1:0), Xulian Alvares 47 (1:1), Xavi Simons 52 (2:1), David Gansko 75 (2:2), Xavi Simons 90+1-pen (3:2).

Birinchi o‘yin: 2:5.

«Tottenxem»: Vikario, Romero (Danso, 81), van de Ven, Spens, Dregushin (Udodji, 66), Grey (Gallaxer, 81), Sarr, Xavi Simons, Tel (Olusesi, 81), Porro (Bergvall, 74), Kolo Muani.

«Atletiko»: Musso, Gansko, Le Norman, Rudjeri, Molina (Koke, 64), Kardozo, Lyorente, Lukman (Serlot, 64), Simeone (Ximenes, 87), Grizmann (Baena, 84), Alvares (Gonsales, 84).

Ogohlantirishlar: Porro (57), Vikario (58), Romero (70), Udodji (72) — Rudjeri (28), Lukman (56), Serlot (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:45, 19.03.2026.
O'qildi: 1824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик