Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Beshiktosh» va «MYU» o‘rtasida darvozabon va yarim himoyachi almashinuvi yuz berishi mumkin

«Beshiktosh» va «MYU» o‘rtasida darvozabon va yarim himoyachi almashinuvi yuz berishi mumkin

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi tayanch yarim himoyachisi Uilfred Ndidi «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Sporx nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» 29 yoshli nigeriyalik futbolchini arzonroq narxda sotib olishga harakat qilishlari mumkin. Buning evaziga ular turkiyalik darvozabon Altay Bayindirni «Beshiktosh»ga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Ndidi barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Ta’kidlash joizki, Ndidi uzoq vaqt davomida Angliyada faoliyat yuritgan — u 2017 yildan 2025 yilgacha «Lester» sharafini himoya qilgan. Nigeriyalik futbolchi faqat o‘tgan yozda Turkiyaga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:59, 19.03.2026.
O'qildi: 2336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик