Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Flik: «Ikkinchi bo‘limda hammasi o‘zgardi»

Flik: «Ikkinchi bo‘limda hammasi o‘zgardi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Chempionlar ligasida «Nyukasl» ustidan qozonilgan yirik g‘alabaga (7:2) yakuniy xulosa yasadi.

«Bu shunchaki jinnicha o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmadik, lekin ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi harakat qildik va to‘p nazoratini qo‘lga oldik. Uchinchi gol bizga o‘yinga to‘liq qaytish imkonini berdi.

Birinchi bo‘limda hujumga o‘tishda uzoq masofali uzatmalardan haddan tashqari ko‘p foydalandik va to‘pni tez-tez yo‘qotdik, raqibimiz esa juda tezkor va qarshi hujumlarda xavfli edi. Tanaffusda ikkinchi bo‘limda to‘pni ko‘proq nazorat qilish haqida gaplashib oldik va past blokli himoyadan foydalangan holda yaxshiroq o‘ynay boshladik.

Erik Garsiya va Joan Garsiyaning holatini hali ko‘ramiz. Jarohatlar u qadar jiddiy emas, lekin baribir kutishimiz kerak», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 13:34, 19.03.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик