Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Igor Tudor "Tottenxem"da qoladimi? Klub rahbariyati yakuniy qarorga keldi

Igor Tudor "Tottenxem"da qoladimi? Klub rahbariyati yakuniy qarorga keldi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Igor Tudorning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

The Touchline nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Tottenxem» Tudorni mavsum yakuniga qadar o‘z lavozimida qoldirish niyatida. So‘nggi haftalar davomida jamoa va murabbiylar shtabi bir nechta favqulodda yig‘ilishlar o‘tkazdi, buning natijasida jamoa ichidagi o‘zaro tushunish darajasi yaxshilandi.

Manbaning ta’kidlashicha, «shporlar» Premyer-ligadan tushib ketmasliklariga va elitada o‘z o‘rinlarini saqlab qolishlariga deyarli ishonmoqdalar.

30-turdan so‘ng «Tottenxem» APL turnir jadvalida 30 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Xavfli hudud bilan oradagi farq esa atigi bir ochkoni tashkil qilmoqda.

Navbatdagi turda Tudor shogirdlari o‘z maydonlarida «Nottingem Forest»ni qabul qilishadi. Ushbu muhim bahs 22 mart kuniga belgilangan.

Kiritildi: 16:40, 19.03.2026.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик