Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Komo"ni A Seriyaga olib chiqqan milliarder vafot etdi

"Komo"ni A Seriyaga olib chiqqan milliarder vafot etdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi o‘z xo‘jayinlaridan biri — Maykl Bambang Xartononing vafoti haqida xabar berdi.

Aka-uka Robert Budi va Maykl Bambang Xartono 2019 yildan beri o‘zlarining Djarum Group kompaniyasi orqali klubga egalik qilib kelishayotgan edi. Ular jamoani D Seriyadan A Seriyagacha olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayni damda jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

«Komo» jamoasi Maykl Bambang Xartononing vafotidan chuqur qayg‘uda. Biz Xartono oilasiga va Djarum Groupning barcha xodimlariga hamdardlik bildiramiz. Ushbu oila boshqaruvi ostida klub o‘z tarixining yangi sahifasini ochdi va biz Maykl Bambangni cheksiz minnatdorchilik va hurmat bilan yodga olamiz», — deyiladi klub bayonotida.

Forbes nashrining xabar berishicha, Xartono Singapurda, 86 yoshida vafot etgan. Umumiy boyligi 43,8 milliard dollarni tashkil etuvchi aka-uka Xartonolar Indoneziyaning eng boy kishilari hisoblanishadi.

Kiritildi: 17:03, 19.03.2026.
O'qildi: 2322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик