Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Chelsi» himoyachisi 6 haftaga safdan chiqdi

«Chelsi» himoyachisi 6 haftaga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Liem Rosenyor himoyachi Trevo Chaloba jarohati sabab bir oydan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

26 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (0:3, birinchi o‘yin – 2:5) to‘pig‘idan jarohat olgan edi. U maydonni zambilda tark etgandi.

«Trevning yo‘qligi doim yomon, lekin jarohat biz boshida o‘ylaganchalik og‘ir emas. U baribir jiddiy, ammo tiklanish taxminan olti hafta davom etadi», — dedi murabbiy.

Filip Yorgensen haqida: «Filip skanerdan o‘tdi va unga kichik jarrohlik amaliyoti kerak bo‘ldi. U qadar jiddiy emas, bu bir necha hafta vaqt talab etadigan masala».

Ris Jeyms haqida: «Risning holatini terma jamoalar tanaffusidan keyin batafsilroq baholaymiz. Unchalik jiddiy emas, lekin sonning orqa mushagida nimadir bor. Uning holatiga tanaffusdan so‘ng aniqlik kiritamiz», — dedi Rosenyor.

Kiritildi: 22:02, 19.03.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик