Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Siti» Brunu Fernandeshning rekordiga Kevin De Bryoyne statistikasi bilan javob qaytardi

«Siti» Brunu Fernandeshning rekordiga Kevin De Bryoyne statistikasi bilan javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida APL tomonidan e’lon qilingan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning statistikasiga munosabat bildirdi.

Ushbu postda portugaliyalik futbolchi mankunianliklar safida 319 ta o‘yinda 100 ta golli uzatmani amalga oshirgani alohida qayd etilgan edi. Shuningdek, unda «Barselona»ning sobiq a’zosi Lionel Messi (338 ta o‘yinda 100 ta assist) va «Real Madrid» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduning (341 ta o‘yinda 100 ta assist) ko‘rsatkichlari ham keltirilgan.

«Shaharliklar» bunga javoban jamoaning sobiq yarim himoyachisi Kevin De Bryoynening natijalarini e’lon qilishdi. Belgiyalik futbolchi «Manchester Siti» safida 244 ta uchrashuvdayoq 100 ta golli uzatma marrasiga yetgan edi. Klub ushbu postga toj emodzisini ilova qilgan.

Kiritildi: 22:35, 19.03.2026.
O'qildi: 1917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик