Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Erling Xoland shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining yangi formatiga katta sarmoya kiritmoqda

Erling Xoland shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining yangi formatiga katta sarmoya kiritmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning yulduz hujumchisi Erling Xoland shaxmatga sarmoya kiritishni boshlaganini e’lon qildi. U Norway Chess (2013 yildan buyon Stavanger shahrida o‘tkazib kelinayotgan xalqaro shaxmat turniri) hamda jahon chempionatining yangi formati — Total World Chess Championship loyihasiga mablag‘ yo‘naltiradi.

Norvegiyalik biznesmen Marten Borge bilan birgalikda futbolchi Chess Mates kompaniyasiga asos soldi. Ushbu kompaniya Norvegiya shaxmat assosiasiyasining yirik aksiyadorlaridan biriga aylanadi.

«Shaxmat — ajoyib o‘yin. U tafakkurni charxlaydi va futbol bilan o‘xshash jihatlari ham bor. Tez qaror qabul qilish, intuisiyaga ishonish va bir necha yurishni oldindan o‘ylab chiqish kerak.

Men Norway Chess’ga sarmoya kirityapman, chunki ishonamanki, Total Chess World Championship Tour yangi turi shaxmatni butun dunyo tomoshabinlari uchun yanada ommalashtirishi mumkin. Norway Chess jamoasi allaqachon musobaqani rivojlantirishda katta ishlarni amalga oshirgan, va bu loyihaga qo‘shilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarish mumkin emas edi», — deya Xoland so‘zlarini keltiradi FIDE.

Total Chess World Championship Tour yil davomida turli shaharlarda o‘tkaziladigan to‘rtta turnirdan iborat bo‘ladi. Uning yakunlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida uchta yo‘nalish — klassik shaxmat, rapid va blis bo‘yicha yagona jahon chempioni aniqlanadi. Ushbu musobaqalar FIDE tomonidan kamida 16 yilga ma’qullangan.

Ma’lum qilinishicha, turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi kamida 2,7 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihaning ilk sinov turniri 2026 yil kuzida o‘tkaziladi, 2027 yildan esa to‘liq mavsum yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:44, 20.03.2026.
O'qildi: 1153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик