Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ryudiger A Seriya grandi bilan muzokaralarni boshladi

Ryudiger A Seriya grandi bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubida to‘p surayotgan germaniyalik himoyachi Antonio Ryudiger La Ligani Italiya chempionatiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Turinning «Yuventus» klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar yozgi transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborishgan. «Keksa sinyora» Ryudiger bilan ikki yillik mehnat shartnomasi imzolashga tayyor.

Antonio va «qirollik klubi» o‘rtasidagi amaldagi kelishuv muddati 2026 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Futbolchining bozor qiymati 9 million yevroni tashkil etmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 15:34, 21.03.2026.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик