Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Ingliz klubi 999 yillik shartnoma imzoladi

Ingliz klubi 999 yillik shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Angliya Chempionshipi vakili «Milluoll» klubi «Den» stadioni bo‘yicha yangi ijara shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuv 999 yilga mo‘ljallangan.

«Ushbu tarixiy kelishuv uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlaydi, klubning tarixiy uy stadionini himoya qiladi hamda ulkan va barqaror o‘sish uchun asos yaratadi», — deb yozadi londonliklar.

Hozirda «Milluoll» klubi 141 yoshda. O‘tgan mavsumda London klubi Chempionshipdagi 24 ta jamoa ichida sakkizinchi o‘rinni egallagan edi.

2004 yilda «Milluoll» Angliya Kubogi finaliga qadar yetib borgan va Kardiffdagi «Millenium» stadionida kechgan hal qiluvchi bahsda «Manchester Yunayted»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘sha o‘yinda Krishtianu Ronaldu va Ruud van Nistelroy (dubl) gol muallifi bo‘lishgan.

«Den» stadioni 1993 yilda ochilgan bo‘lib, o‘z bag‘riga 20 146 tomoshabinni sig‘dira oladi.

Kiritildi: 17:16, 21.03.2026.
O'qildi: 4353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик