Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Arbeloa: "Mbappe 100 foiz tayyor va "Atletiko"ga qarshi o‘ynay oladi"

Arbeloa: "Mbappe 100 foiz tayyor va "Atletiko"ga qarshi o‘ynay oladi"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening jarohatdan keyingi qaytishiga izoh berdi va fransiyalik futbolchining to‘liq tiklanganligi haqida gapirib o‘tdi.

«Avval aytganimdek, u safga qaytganida 100 foiz tayyor bo‘ladi. Manchesterdagi o‘yinda u juda yaxshi sport formasida ekanligini isbotladi, uning o‘zini qanday his qilayotgani esa — eng muhimi. Biz unga to‘liq ishonamiz va kafolat bera olamiz, shuningdek, uning maydonga qaytishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Hozirgi vaqtda u 100 foiz tayyor holatda».

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, ertaga «qaymoqranglilar» La Liganing navbatdagi turi doirasida Madridning boshqa bir jamoasi — Diyego Simeone boshchiligidagi «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, aprel oyida «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida Myunxenning «Bavariya» klubi bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 18:36, 21.03.2026.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик